1. Umumiy qoidalar
Ushbu siyosat STRATIX SYSTEMS MCHJ tomonidan STRATIX CRM xizmatidan foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini yig'ish, saqlash va himoya qilish tartibini belgilaydi.
2. Yig'iladigan ma'lumotlar
Ism, familiya, telefon raqami, elektron pochta, kompaniya nomi, foydalanuvchi tizimga kiritgan mijoz va bitim ma'lumotlari, shuningdek texnik ma'lumotlar (IP-manzil, brauzer turi, kirish vaqti).
3. Maqsadi
Xizmat ko'rsatish, foydalanuvchini identifikatsiya qilish, texnik qo'llab-quvvatlash, xizmat sifatini oshirish va qonun talab qilgan hollarda hisobot berish.
4. Saqlash va himoya
Ma'lumotlar shifrlangan ulanish (HTTPS) orqali uzatiladi va kirish huquqlari cheklangan serverlarda saqlanadi. Xodimlar faqat o'z vazifasi doirasida kirish huquqiga ega.
5. Uchinchi shaxslar
Shaxsiy ma'lumotlar uchinchi shaxslarga sotilmaydi. Faqat foydalanuvchi roziligi bilan yoki O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda uzatilishi mumkin.
6. Foydalanuvchi huquqlari
Foydalanuvchi o'z ma'lumotlarini olish, tuzatish yoki o'chirishni talab qilishi mumkin. Murojaat: +998 (78) 555-01-39 yoki rasmiy Telegram kanali.
7. Instagram va messenjerlar orqali murojaatlar
Bizga Instagram Direct (@stratix_systems_uz) yoki boshqa messenjer orqali yozganingizda quyidagilar qayta ishlanadi: foydalanuvchi identifikatori, ism yoki username, xabarlar matni hamda siz o'zingiz yuborgan telefon raqami va tashkilot nomi. Ular savollaringizga javob berish va murojaatni CRM tizimida qayd etish uchun ishlatiladi. Birinchi javobni sun'iy intellekt (AI) yordamchisi beradi; buning uchun xabar matni AI xizmat ko'rsatuvchisiga (Anthropic) faqat qayta ishlash maqsadida uzatiladi. Istalgan payt suhbatni menejer davom ettiradi. Ma'lumotlar reklama maqsadida uchinchi shaxslarga berilmaydi.
8. Ma'lumotlarni o'chirish
Ma'lumotlaringizni o'chirish uchun Instagram Direct orqali @stratix_systems_uz ga "O'chirish" deb yozing yoki stratixsystems@umail.uz manziliga xat yuboring yoki +998 (78) 555-01-39 raqamiga qo'ng'iroq qiling. So'rov 30 kun ichida bajariladi va natija haqida sizga xabar beriladi.